1

Igor Sergeev “Paxtakor” safida mashg`ulotlarda ishtirok etmoqda

Sport 21.12.2016, 17:25
Igor Sergeev “Paxtakor” safida mashg`ulotlarda ishtirok etmoqda

O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarkibida mashg`ulotlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi. 

“Paxtakor” hamda milliy terma jamoas a`zosi 1016 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Xitoyning “Beyjin Goan” klubi tarkibida ijara asosida o`tkazgan edi. Uning ijara shartnomasi muddati yakuniga etdi va hujumchi Toshkentga qaytib keldi.

Ta`kidlash kerakki, “Beyjin Goan” safida O`zbekiston milliy terma jamoasining boshqa bir a`zosi Egor Krimes faoliyat yuritadi.

“Paxtakor” matbuot xizmatining ma`lum qilishcha, jamoa chempionat bahslari yakunlanganidan keyin futbolchilarga berilgan tanaffusdan so`ng, yana mashg`ulotlarga kirishgan va ayni vaqtda O`zbekistonda bo`lgan Egor Krimes o`z jismoniy holatini saqlab turish maqsadida mashg`ulotlarda qatnashib turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1