AsosiyBu qiziq

Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

14 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

'Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 15-16 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 17-18 yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 12-13 yanvarda 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 14 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 yanvarda 2-7 daraja iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 12 yanvarda 11-16 daraja iliq, 13-14 yanvarda 13-18 daraja iliq, 15-18 yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 yanvarda 0-5 daraja iliq, 15 yanvarda 2-7 daraja iliq bo‘ladi, 16-18 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 12 yanvarda 8-13 daraja iliq, 13-14 yanvarda 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-15 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi, 16-18 yanvarda 2 daraja sovuq- 3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 12 yanvarda 13-18 daraja iliq, 13-14 yanvarda 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 12-14 yanvarda 7-12 daraja iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi, 17-18 yanvarda 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 112 yanvarda 3-8 daraja iliq, 13-14 yanvarda 5-10 daraja iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi pasaydi'ning rasmi

    Bu qiziq 13.01.2026 11:53

    Dollar kursi pasaydi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 13.01.2026 02:53

    '5 grammlik qoʻyma oltin narxi 9 million soʻmdan oshdi'ning rasmi

    Bu qiziq 12.01.2026 10:11

    5 grammlik qoʻyma oltin narxi 9 million soʻmdan oshdi

    Oʻzbekistonda quyma oltin narxlari rekord darajaga chiqdi.

    'AQShga 11 oyda qancha o‘zbekistonlik safar qildi?'ning rasmi

    Bu qiziq 12.01.2026 04:27

    AQShga 11 oyda qancha o‘zbekistonlik safar qildi?

    2025 yilning yanvar–noyabr oylarida turistik maqsadlarda AQShga borgan O‘zbekiston fuqarolari soni 15,2 ming nafardan oshdi.

    'Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 11.01.2026 19:59

    Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

    “O‘zgidromet” 12 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.

    'Sadir Japarovning 2024 yilidagi daromadi ma'lum qilindi.'ning rasmi

    Bu qiziq 09.01.2026 09:14

    Sadir Japarovning 2024 yilidagi daromadi ma'lum qilindi.

    Xo'sh, Qirg'iziston Prezidenti qancha daromad qilgan?