Davlat rahbari usbu tahdidlarning alohida-alohida emas, balki birgalikda harakat qilayotgani vaziyatni yanada murakkablashitrayotganini ta'kidladi.
Yig'ilish Toshkent shahrida o'tkazilgani bejiz emas: songgi to'qqiz yilda poytaxt aholisi 1 millionga ko'payib, transport vositalari soni 800 mingga yetdi. Kuniga shaharga yana 1 million kishi keladi.
Bu davrda onlab maktab va yuzlab bog'chalar, millionlab kvadrat metr savdo maydonlari hamda 145 ming xonadonli uy-joylar barpo etildi. Poytaxt iqtisodiyoti 367 trillion so'mdan oshdi.
Prezidentga ko'ra, hayot sifatida va daromadlar oshgan hududlarda jinoyiy tuzilmalar ham faollashadi. Shu bois Toshkentda jinoyatlarning yangi usullariga qarshi ta'sirchan choralar ko'rish zarurligi qayd etildi.






