AsosiySalomatlik

Oshqozon yarasini davolashning xalqona usullari

Erqalampir (xren). Bu o`simlik oshqozon kislotalilik muhitining pastligida qo`llanilib, kislota ishlab chiqarilishini me`yorlashtiradi. 1 choy qoshiq maydalangan erqalampirni shuncha miqdordagi asal bilan aralashtirib, ovqatlanishdan yarim soat avval qabul qilinadi.

Karam sharbati — uning tarkibida U vitamini bo`lib, shilliq qavatning zararlangan sohalarini bitirishga xizmat qiladi. Yarim stakan yangi chiqarilgan karam sharbati ovqatlanishdan yarim soat oldin ichiladi. Bu odatda gastritning o`tkir va surunkali turlari xuruj qilganda tavsiya etiladi.

Kartoshka sharbati — oshqozon muhitining yuqori kislotalilik holatidagi og`riqni kamaytirish uchun yangi chiqarilgan kartoshka sharbatidan foydalanish mumkin. Bu sharbatni yarim stakan miqdorida ovqatlanishdan 15-20 daqiqa avval ichish kerak.

Na`matak sharbati — oshqozon faoliyatining buzilishi infeksiya ta`sirida bo`lsa, na`matak damlamasi tavsiya etiladi. Mazkur damlama organizmning immun tizimini mustahkamlab, bakteriyalarga chidamlilikni oshiradi. 100 gr. na`matak mevasini 1 stakan qaynagan suvga damlab, biroz tindiriladi. So`ng iliq holatda ovqatlanishdan oldin qabul qilish mumkin.

Boshqa yangiliklar