Sahroi Kabir sahrosida qariyb 40 yil deganda qor yog`di, deb xabar beradi “Vesti”.
Mazkur hudud uchun noodatiy tabiat hodisasini jazoirlik fotosuratchi tasvirga oldi.
Suratlarda qor bilan qoplangan qum uyumlarini ko`rish mumkin. Qor bir kun davomida saqlanib, keyin erib ketgan. Meteorologik kuzatuvlar tarixida Sahroi Kabirda bir marta ya`ni 1979 yilda qor yoqqan.





