1

Yuragingiz salomatligi qay darajada?

Salomatlik 22.12.2016, 16:15
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Yuragingiz salomatligi qay darajada?

Yurak etishmovchiligiga chalingan bemorlarning uchdan bir qismi o`z hayotlariga bu kasallik xavf solayotganini taxmin ham qilmaydilar. Sizning hayotingizga yurak etishmovchiligi xavf solmayaptimi? Tekshirib ko`ring:

 

  1. Ortiqcha vaznga egamisiz yoki osonlikcha semirib ketishga moyilligingiz bormi?

A) vaznim me`yorda.

B) ortiqcha vaznga egaman.

2. Kundalik jismoniy faollikka qancha vaqt ajratasiz?

A) Hech bo`lmaganda 30 daqiqa.

B) Seriallar ko`rishni afzal bilaman.

3. Parhezingiz etarlicha foydalimi?

Mevalar: kuniga 2 yoki undan ortiq.

Bodom: haftasiga hech bo`lmaganda yarim stakan (boshqa yong`oqlar bilan almashtirish mumkin).

Sabzavotlar: kuniga 2-3 xili (kartoshkani hisobga qo`shmang).

Yog`lar: o`simlik va tozalanmagan yog`lar.

Go`sht: haftasiga 300 gr. (go`sht mahsulotlari bilan birgalikda).

Baliq: haftasiga 200 grammdan kam bo`lmagan miqdorda.

Don mahsulotlari: kuniga 100 grammdan kam bo`lmagan miqdorda.

Dukkaklilar: haftasiga yarim stakandan kam bo`lmasligi kerak.

Natija

A) 5 va undan ko`p savollarga «ha» deb javob bergan bo`lsangiz:

Sport bilan shug`ullanuvchi, ko`proq meva va sabzavotlar iste`mol qiladigan ayollarning yuragi noxosdan to`xtab qolishdan muhofazalangan.

B) 4 va undan oziga «ha» deb javob bergan bo`lsangiz:

Zararli odatlarni o`ziga odat qilgan ayollarga nisbatan faol hayot tarzi kechiruvchi ayollarda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish xavfi kam.

FAYRUZA tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1