1

A Seriya. "Roma" irodali tarzda "Kevo"ni mag`lubiyatga uchratdi

Sport 23.12.2016, 09:40
A Seriya. "Roma" irodali tarzda "Kevo"ni mag`lubiyatga uchratdi

Italiya chempionati 18-turida "Roma" jamoasi o`z maydonida "Kevo" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarlik kechgan o`yinda rimliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. 

Uchrashuvning 37-daqiqasida de Guzman hisobni ochgan bo`lsa, 45-daqiqada El-Shaaravi muvozanatni tikladi. 52-daqiqada Jekoning goli "Roma"ni oldinga olib chiqdi. O`yin yakunida Perotti penaltidan gol urib, rimliklar g`alabasiga o`z hissasini qo`shdi. 

"Roma" – "Kevo" 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 37 de Guzman, 1:1 – 45 El-Shaaravi, 2:1 – 52 Jeko, 3:1 – 90, penalti Perotti.

"Roma" – Shchensni, Ryudiger, Fasio, Vermalen, Bruno Peres, Strotman, Nainggolan, Emerson, Salax (Perotti, 82), Jeko (Iturbe, 90), El-Shaaravi.

"Kevo" – Sorrentino, Isko (Kosta, 41), Gamberini, Daynelli, Frey, de Guzman, Radovanovich, Rigoni, Birsa (Basten, 59), Ingleze (Pellisse, 75), Medjorini.

Ogohlantirishlar: Daynelli (45), Rigoni (88).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1