1

Mayizning foydali xususiyatlari

Salomatlik 23.12.2016, 10:25
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Mayizning foydali xususiyatlari
  • Kamqonlik aniqlangan bo`lsa, mayizni  eyish bilan barobar uning suvini ichish ham tavsiya etiladi. Buning uchun 10 dona mayizni piyolaga solib, ustidan yarim stakan qaynatib ilitilgan suv quying. Piyola ustini yopib, ertalabgacha qoldiring. Och qoringa mayiz suvini ichib tursangiz gemoglobin miqdori normallashadi.
  • Xastalikdan keyin quvvatni tiklash uchun mayiz, yong`oq va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Teng miqdorda yong`oq va asalni go`shtqiymalagichdan o`tkazib, ta`bga ko`ra asal bilan aralashtirib olasiz. Nonushta vaqti 1-2 choy qoshiqdan iste`mol qilib tursangiz kifoya.
  • Buyrak kasalliklarida kunora mayiz iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir. Mayiz tarkibidagi foydali elementlar peshob ajralashini faollashtiradi.
  • Muntazam mayiz iste`mol qilish og`iz bo`shlig`i kasalliklarida ham asqatishi mumkin. Mayiz suvi esa milk shamollashi, stomatit yaralari hamda yo`talga foydali.
  • Mayizli muolaja semizlik, yurak etishmovchiligi, oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi hamda qandli diabetda tavsiya etilmaydi.

Sharhlar

Меҳмон 14.11.2022, 04:56
Рахмат
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1