AsosiyJamiyat

Er xotiniga six bilan hujum qildi

Jabralanuvchi o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli omon qolgan.

'Er xotiniga six bilan hujum qildi'ning rasmi

Qarmasqali tumanlararo sudi ma'lum qilishicha, erkak mast holda rafiqasi bilan janjallashib, kabob pishirish uchun ishlatiladigan sixni olib, ayolning ko‘krak qismiga urgan. Shundan so‘ng u voqea joyidan qochib ketgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi aybini to‘liq tan olmagan, faqat rafiqasini "qo‘rqitmoqchi bo‘lganini" aytgan. Sud uning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo muddatini ham inobatga olib, 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo maxsus tartibli koloniyada o‘tadi.

Avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ham mast erkak xotinini kaltaklab, pichoqlagani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar