AsosiyJamiyat

Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi ortidan ikki kishi jarohat oldi

Viloyat hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

'Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi ortidan ikki kishi jarohat oldi'ning rasmi

11 fevral kuni soat 23:55 da Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida havo-gaz aralashmasi chaqnadi. Hodisa oqibatida ikki fuqaro tan jarohati oldi.

Viloyat FVB ma’lumotiga ko‘ra, “Nodirabegim” MFY hududidagi xonadonlardan birida yuz bergan chaqnash haqida 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng FVB rahbariyati va qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga etib borgan.

Aniqlanishicha, chaqnash natijasida yong‘in kelib chiqmagan va boshqa xonadonlarga zarar yetmagan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar