AsosiyJamiyat

Surxondaryoda YPX inspektorig‘a pora taklif qilgan xorijlik ushlandi

Hindiston fuqarosi yo‘l harakati patrul xodimiga 10 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

'Surxondaryoda YPX inspektorig‘a pora taklif qilgan xorijlik ushlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida Yo‘l harakati patrul inspektoriqa 10 million so‘m miqdorida pora taklif qilgan Hindiston fuqarosi uslandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, YPH xodimi texnik nosozligi mavjud avtomobilni boshqarib ketayotgan chet ellik fuqaroni to‘xtatib, hujjatlarni tekshirmoqchi bo‘lgan. Shunda fuqaro ma’muriy javobgarlikdan qutulish maqsadida inspektorqa 10 mln so‘m pora taklif qilgan.

Tezkor tadbir davomida u pulni berishga uringan vaqtida ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Avvalroq viloyatda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tuman bo‘limi rahbari ham pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar