Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kungacha dunyo bo‘ylab taxminan 640 million qiz 18 yoshga yetmasdan turmush qurgan. Har yili yana 12 million o‘smir qiz nikohlanmoqda. Bu esa o‘rtacha hisobda har uch soniyada bittada shunday holat qayd etilayotganini anglatadi. Eng ko‘p holatlar Janubiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida uchramoqda.
Markaziy Osiyoda esa ko‘rsatkichlar pasaygan. Xususan, 1999 yilda 13 foiz bo‘lgan daraja 2024 yilda 6 foizga tushgan. O‘zbekistonda 1997–2022 yillar davomida 15 yoshgacha turmush qurganlar soni 48,5 ming nafarni, 18 yoshgacha turmush qurganlar esa 1,1 million nafardan ortikni tashkil etgan.
BMT Aholi jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, global miqyosda ham pasayish kuzatilmogda. Agar 2000 yilda yosh ayollarning uchtadan biri voyaga yetmay turmush qurgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich beshdan birga tushgan. So‘nggi 25 yil ichida esa 68 million holatning oldi olingan.






