Guruhning ma'lum qilishicha, 15 fevral kuni taxminan soat 18:00 da Qunduz shahri 1-politsiya hududidagi Chahardara yo'lida “Tolibon” harbiy mashinasiga hujum qilingan. Natijada ikki nafar “Tolibon” a’zosi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.
16 fevral kuni soat 19:00 atrofida esa Qunduz shahri Bala Hisor maydonida joylashgan nazorat punktiga zarba berilgani aytilmoqda. Ushbu hujumda yana ikki nafar “Tolibon” a’zosi o‘ldirilgan, ikki kishi yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni Badahshon viloyatining Bahorak tumanidagi kuzatuv minorasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan edi.






