AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bozor yondi

Uchtepa tumanida joylashgan "Izza" qurilish bozorida rom mahsulotlari yongan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

'Toshkentda yana bozor yondi'ning rasmi

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi qurilish bozorida 21 fevral kuni yong‘in sodir bo‘ldi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 05:09 da tumanning Quvonch 2-tor ko‘chasida joylashgan “Izza” qurilish bozori hududida eshik rom mahsulotlari yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lumotga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 05:17 da yetib borib, yong‘inni 05:38 da qurshab oldi va 06:00 da to‘liq o‘chirdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqdanmoqda, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yong‘inni o‘chirish jarayonini nazorat qilish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vaziri Aziz Ikromov voqea joyiga yetib borib, vaziyatni shaxsan o‘z nazoratiga oldi.

    Boshqa yangiliklar