AQSh prezidenti Donald Trump Eronga qarshi amalga oshirilayotgan harbiy harakatlar rejadagidan ham jadal sur’atda olib borilayotganini ta’kidlab, operatsiya jarayoni “rejadan oldinda ketmoqda”, deya bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqa vaqt ichida “48 nafar yetakchi shaxs bir zumda yo‘q qilingan” va bu jarayon juda tez sodir bo‘lgan.
O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham yaqin kunlarda Eronga qarshi harbiy zarbalar yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Isroil tomoni xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan operatsiyalarni davom ettirradi.
Shu bilan birga, AQSh Markaziy qo‘mondonligi rasmiy ma’lumot tarqatib, Eron tomonidan uchirilgan raketalar AQShning USS Abraham Linkoln aviatashuvchisiga tegmagani va hatto unga yaqinlashmaganini bildirgan.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, ayni paytda mintaqa bo‘yicha harbiy va siyosiy vaziyat diqqat bilan kuzatib borilmogda hamda qo‘shimcha bayonotlar e’lon qilinishi kutilmogda.






