AsosiyJamiyat

Husanov "Nottingem"ga qarshi o‘yinda zahiradan tushdi

Angliya Premer-ligasining 29-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nottingem Forest" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

'Husanov "Nottingem"ga qarshi o‘yinda zahiradan tushdi'ning rasmi

Ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushdi.

4 mart kuni bo‘lib o‘tgan bahsda hisob 31-daqiqada mezbonlar hujumchisi Antuan Semenyo tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limda esa "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt 56-daqiqada javob golini kiritdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Rodri "Manchester Siti"ni yana oldinga olib chiqdi.

76-daqiqada Elliot Anderson mehmonlar hisobni yana tenglashtirdi. Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida Rayan Ait-Nurini almashtirib, uning o‘rniga Abduqodir Husanovni maydonga tushirdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

"SofaScore" statistik portaliga ko‘ra, 77-daqiqada maydonga tushgan Husanov 13 daqiqa harakat qildi va uning o‘yini 6,7 ballga baholandi. U shu vaqt ichida 9 ta uzatmaning 8 tasini aniq amalga oshirgan.

Ayni paytda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 67 ochko bilan "Arsenal" peshqadamlik qilmogda. "Manchester Siti" esa 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormogda.

    Boshqa yangiliklar