AsosiyDunyo

Eron raketalari Ozarbayjon aeroportiga qulab tushdi

Aeroport Eron bilan chegaraqa taxminan 10 km masofada joylashgan.

'Eron raketalari Ozarbayjon aeroportiga qulab tushdi'ning rasmi

Bugun, 5 mart kuni Reuters manbasining xabariga ko‘ra, Eron tomonga yo‘nalgan deb taxmin qilinayotgan raketa va dronlar Ozarbayjonning Naxichevon xalqaro aeroporti hududiga qulab tushgan.

Aeroport Eron bilan chegaraqa taxminan 10 km masofada joylashgan. Hozircha Ozarbayjon rasmiy idoralari bu ma’lumotni tasdiqlamagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aeroport atrofida portlashlar aks etgan, foydalanuvchilar esa bu zarba Eron-AQSH-Isroil o‘rtasidagi mintaqaviy taranglik fonida yuz berganini iddao qilmoqda.

Naxichevon eksklavi strategik ahamiyatga ega bo‘lib, agar bu holat tasdiqlansa, u mintaqaviy xavfsizlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Rasmiy tasdiqlar kutilyapti.

    Boshqa yangiliklar