AsosiyDunyo

Dunyoning eng original archalari

Yangi yil bayrami arafasida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan eng original archalarning suratlarini to`pladik, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri. 

Archalarning mualliflari Yangi yil malikasini tayyorlashda o`zlarining bor fantaziyasini ishga solgan.

1.Qozog`istonning Astana shahridagi Milliy akademik kutubxonasida kitoblardan archa yasaldi. 

2. Amerikalik Molli Munyan havo sharlaridan o`ziga archa-ko`ylak tikdi. 2,5 metrli archa-ko`ylakni yaratish uchun 590 dona shar kerak bo`ldi.

3. Shinalardan yasalgan erkaklar archasi.  

4. Savdo markazlaridan birida o`nlab televizor monitorlaridan kinomanlar uchun archa yasaldi.

5. Yoqutistonlik fuqaroning archasi originalligi bilan boshqa archalardan tubdan farq qiladi. U tezakdan archa yasadi, bunday noodatiy archani ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari yuqori baholadi.

6. Supermarket sotuvchilari esa archani kartoshka solingan qoplardan yasatishdi.

7.Archali ko`ylak esa nafaqat ayollar garderobini, balki har qanday mehmonxonani ham bezaydi.

Boshqa yangiliklar