AsosiyDunyo

Aviahalokatda 10 kilometr balandlikdan qulab, tirik qolgan styuardessa Vesna Vulovich vafot etdi

Belgrad shahrida sobiq styuardessa Vesna Vulovich vafot etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Vesna Vulovich 1972 yilning yanvar oyida Germaniyaning Xermsdorf shahrida ro`y bergan aviahalokatda tirik qolgan styuardessa 67 yoshda vafot etdi.

Ayolning qo`ng`irog`iga javob bermaganidan xavotirlangan do`stlari polisiyadan uning uyini tekshirishni iltimos qildi. Polisiyachilar sobiq styuardessaning jasadini 23 dekabr kuni vannadan topishdi. Aniqlanishicha, u bundan bir necha kun ilgari vafot etgan. Hozircha ayolning o`limi sababi aniqlanmagan.

Vesna Vulovich bundan 44 yil ilgari ro`y bergan aviahalokatda samolyot bortidagi 28 odamdan tirik qolgan yagona insondir. Samolyotga bomba qo`yilgani tufayli u havoda portlab ketgan. Vesna Vulovich parashyutsiz 10160 metr balandlikdan qulab, tirik qoldi va dunyo rekordini o`rnatdi. Aviahalokat oqibatida ayolning bir qancha joylari sinib, og`ir tan jarohati olgan. Uning tuzalishi uchun 16 oy vaqt ketib, tanasining pastki qismi falajlanib qolgan.

Vesna Vulovich

1985 yilda, aviahalokatdan keyin 13 yil o`tgach, Vesna Vulovichning nomi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Boshqa yangiliklar