AsosiyBu qiziq

Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 20 martga belgilandi

Ulamolar ushbu qarorni Turk davlatlari tashkiloti Fatvo kengashi tavsiyalari asosida qabul qilgan.

'Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 20 martga belgilandi'ning rasmi

Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Ulamolar ushbu qarorni Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo kengashi tavsiyalari asosida qabul qilgan.

Ma’lum qilinishicha, agar ushbu sana O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ham tasdiqlansa, bu yilgi Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi mumkin. Astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra, mintaqadagi diniy idoralar hayit sanasini 20 mart deb belgilash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Shu bilan birga, diniy bayram sanasi oy ko‘rinishiga qarab bir kunga farq qilishi mumkin. Agar O‘zbekistonda Ramazon 30 kun davom etsa, hayit bayrami 21 mart kuniga to‘g‘ri kelishi ehtimoli bor. Hozircha bu borada rasmiy qaror e’lon qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar