AsosiyJamiyat

Bokuda qo‘lga olingan qo‘qonlik tabib Ozarbayjondan chiqarib yuborildi

Iqbol Soliyevga nisbatan tegishli choralar koʻrilib, u mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

'Bokuda qo‘lga olingan qo‘qonlik tabib Ozarbayjondan chiqarib yuborildi'ning rasmi

Avvalroq Boku shahridagi BI ES VIP klinikasida xalq tabobati bilan shug‘ullangan Iqbol Soliyev qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ozarbayjon nashri Lenta.az ma’lum qilishicha, u politsiya bo‘limida qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilgan.

Shundan so‘ng Soliyev Ozarbayjon hududidan chiqarib yuborilgan.

Ma’lum qilinishicha, u klinikada bemorlarni noqonuniy davolagan. Bu paytda muassasa oldida katta navbat va tartibsizliklar yuzaga kelgan. Soliyev bioenergiya yoki energiya terapiyasi bilan davolashini aytib, har bir bemordan 60 manat (taxminan 400 ming so‘m) olgan.

Klinika ma’lumotiga ko‘ra, Iqbol Soliyev usbu tibbiyot muassasasining xodimi bo‘lmagan. Shunga qaramay, u ikki kun davomida bemorlarni qabul qilib, keyin klinikani tark etgan.

Avvalroq u viloyat sudi qarori bilan 10 sutkaga qamalgan edi. 30 dekabr kuni esa o‘zining Instagram sahifasi orqali ozodlikka chiqqanini ma’lum qilib, tabobat bilan shug‘ullanish uchun rasmiy ruxsati yo‘qligi haqidagi xabarlarni rad etgan.

    Boshqa yangiliklar