"O'zgidromet" 4–6 iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomg'irlar sabab respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Ma'lum qilinishicha, quyidagi hududlarda sel xavfi kuzatilishi ehtimoli bor:
Qashqadaryo viloyati — Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G'uzor tumanlari;
Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on va Muzrabot tumanlari;
Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo'rg'on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, G'allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari;
Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo'rg'on tumanlari;
Farg'ona viloyati — So'x, Shohimardon, Farg'ona va Beshariq tumanlari;
Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo'jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.
"O'zgidromet" tog'oldi va tog'li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu yo'nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko'rishga chaqirdi.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli kuchli yomg'irlar oqibatida yomg'ir suvlari to'planishi va ayrim joylarda hududlarni suv bosishi ehtimoli ham saqlanib qolmoqda.






