14 mingdan ortiq taʼlim muassasalarining 110 452 nafar ayol xodimlarini o‘zida qamrab olgan ushbu musobaqaning Respublika bosqichi ayni kunlarda Namangan shahrida o‘tkazilmoqda.
Unda barcha hududlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta jamoadan 112 nafar ayol o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
Musobaqaning respublika bosqichida:
1-o‘rin g‘oliblariga 150 mln so‘m
2-o‘rin g‘oliblariga 100 mln so‘m
3-o‘rin g‘oliblariga 70 mln so‘m pul mukofoti topshiriladi.
Shuningdek, barcha g‘oliblarning har biriga Damas avtomobillari topshiriladi.
Birinchi marta ustozlar ishtirokida voleybol bo'yicha respublika musobaqasi tashkil etildi
Mamlakatimizda ilk bor pedagog xotin qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.






