AsosiyJamiyat

Avtobusda narkotik sotgan haydovchi ushlandi

Toshkent viloyatida haydovchi avtobusda gashish sotayotganda ushlangan.

'Avtobusda narkotik sotgan haydovchi ushlandi'ning rasmi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktika oyligi doirasida Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik bilan bog‘liq navbatdagi jinoyat aniqlandi va fosh etildi.

Xususan, Nurafshon shahrida jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs (L.D.) Bobur ko‘chasida boshqaruvidagi xizmat avtobusi ichida shartli xaridorga 2 dona politilen o‘ramdagi gashish giyohvandlik vositasi 400 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.

Tadbir davomida uning yonidan hamda boshqaruvidagi avtobusdan yana 9 ta o‘ramda, jami 11 o‘ramda 5 gr gashish giyohvandlik vositasi sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:40

    'Qatorda qolib ketgan o‘zbekistonliklarning so‘nggi guruhi vataniga qaytdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:15

    Qatorda qolib ketgan o‘zbekistonliklarning so‘nggi guruhi vataniga qaytdi.

    Ma’lum qilinishicha, evakuatsiya jarayonida Qatardan jami 548 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan sayyohlar, talabalar hamda vaqtincha ish faoliyati bilan kelgan shaxslar olib chiqilgan.

    'Bugun ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:22

    Bugun ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi

    Harorat 15 darajagacha ko‘tariladi.

    'Endi uy-joy va avtomobil xaridi faqat naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2026 16:39

    'Karmana hokimi o‘qituvchilarni majburiy yig‘ib, bir soat turqizib qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2026 14:34

    Karmana hokimi o‘qituvchilarni majburiy yig‘ib, bir soat turqizib qo‘ydi

    Ҳолат юзасидан Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги муносабат билдирди.

    'Jinsiy a'zolariga tilla yashirib chegaradan o'tmoqchi bo'lgan ayollar qo'lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2026 13:30

    Jinsiy a'zolariga tilla yashirib chegaradan o'tmoqchi bo'lgan ayollar qo'lga tushdi

    Toshkent aeroportida 410 gramm tilla yashirincha olib chiqishga urinagan ikki ayol ushlandi.