AsosiyJamiyat

Xususiy klinikalarga organ transplantatsiyasiga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

'Xususiy klinikalarga organ transplantatsiyasiga ruxsat beriladi'ning rasmi

Undа akkreditatsiyadan o'tgan xususiy tibbiyot muassasalariga transplantatsiya amaliyotlarini o'tkazishga ruxsat berish taklifi ma'qullandi.

Ma'lum qilinishicha, so'nggi yillarda xususiy tibbiyot jadal o'sib, klinikalar soni 2016 yildagi 3,2 mingtadan 2026 yilga kelib 8,7 mingtaga yetmoqda.

Shu bilan birga, litsenziyalash talablarini kuchaytirish, tibbiy xizmat sifati va bemor xavfsizligi ustidan nazoratni elektron tizimlar orqali yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

2028 yildan akkreditatsiyadan o'tmagan muassasalar bilan sug'urta jamg'armasi tibbiy xizmatlar xarid qilmasligi ham taklif etildi.

Shuningdek, 2030 yilgacha barcha davlat tibbiyot muassasalarini bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalash choralari amalga oshiriladi. Prezident mutasaddilarga sohadagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar