Rossiya Federasiyasi Qurolli kuchlari tuzilmalaridagi manbalarning bergan ma`lumotlariga ko`ra, Qora dengiz ustida halokatga uchragan samolyotning topilgan dum qismi qoldiqlari tahlili havo kemasi komandiri suvga qo`nish amalga oshirishga urunganligidan dalolat bermoqda.
Aniqlanishicha, g`avvoslar tomonidan samolyotning qanotidan tortib, dum qismigacha bo`lgan qismining fyuzelyaji topilgan. Samolyotning dvigatel siniqlari bo`lgan dum qismi ham topilgan bo`lib, hali quruqlikka olib chiqilmagan.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 25 dekabr kuni Rossiyaning harbiy havo kuchlariga qarashli Tu-154 yo`lovchi samolyoti Adler aeroportidan parvoz etishi bilan Qora dengiz tubiga g`arq bo`lgan. Samolyot bortida 84 nafar yo`lovchi va sakkiz nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.
Ayni damda Tu-154ning bort o`ziyozari topilgan va tez orada suvdan ko`tariladi.