Jet Airways aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan samolyot Goaning Dabolim aeroportida uchish-qo`nish yo`lagidan chetga chiqib, ag`nab ketdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Voqea samolyot uchishga tayyorlanayotganda ro`y berdi. Havo laynerining bortida 154 nafar yo`lovchi va 7 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.
Jet Airways aviakompaniyasining ma`lum qilishicha, samolyot bortidagi barcha yo`lovchilar muvaffaqiyatli ravishda evakuasiya qilinganiga qaramay, ba`zi yo`lovchilar tan jarohati olib, yaralangan.
Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, kutilmagan hodisa Dabolim aeroporti ishiga ham ta`sir qilib, parvozlar vaqtincha to`xtatildi.





