Bu itlarni Denis Malafeevning do`stlari Ujgorod shahri yaqinida bo`lgan temiryo`l bekatlaridan birida uchratgan. Ular itlarni reslsdan olmoqchi bo`lgan, ammo yarador sherigini himoya qilgan it ularning yaqinlashishiga yo`l qo`ymagan.
“Itlarning ustiga poezd bostirib kelayotganini ko`rib, yuragim orqaga tortib ketdi. Mashinistning signalini eshitgan it, yarador sherigining pinjiga tiqilib, yotib oldi. Ularning har ikkalasi boshlarini egib oldi, poezd esa itlarning ustidan o`tib ketdi. It ikki kun mobaynida sherigini tashlab ketmay, uning yonida yotgan, ularning ustidan poezdlar o`tib, qaytavergan”, deb izoh qoldirgan voqeaga guvoh bo`lgan yigit.
Denis Malafeevning izohi Facebook foydalanuvchilarini befarq qoldirmadi. Uni 40 ming foydalanuvchi bo`lishgan va 4,5 mingdan ortiq izohlar yozilgan. Keyinroq Malafeev itlarning egasi topilganligini, ularning laqabi Panda va Lyusi ekanligini ma`lum qildi.





