Bugun 27 dekabr kuni xonanda Bahrom Nazarov o`zining yangi taronasini muxlislariga havola etadi.
Ilk bor “Baxt uchun” yakkaxon konsert dasturida jarang sochgan “Nahotki” deb nomlangan tarona bugun barcha FM radioto`lqinlari orqali jarang sochadi.
Tarona Jasur Mavlonov so`zi va musiqasi asosida yaratilgan. Xonanda ushbu qo`shiqqa klip suratga olishni ham rejalashtirgan.





