1

“Borussiya D” hujumchisi o`zbekistonlik futbolchi bilan bir jamoada to`p surishi mumkin

Sport 27.12.2016, 12:14
“Borussiya D” hujumchisi o`zbekistonlik futbolchi bilan bir jamoada to`p surishi mumkin

Dortmundning “Borussiya” jamoasi hujumchisi Adrian Romas o`z faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild nashriga tayanib, “Championat.com” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra,  kolumbiyalik futbolchiga “Beyszin Goan” klubi qiziqish bildirgan. Ayni vaqtda Ramosning yillik oyligi 3 mln evroni tashkil qiladi, xitoyliklar esa unga 3 barobar ko`proq taklif qilmoqda. Futbolchining transferi 10 mln evroga baholanmoqda.

Ma`lumot uchun, joriy mavsumda Adrian Ramos Bundesliganing 16 o`yinida (4 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ta`kidlash kerakki, “Beyszin Goan” safida O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimes to`p suradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1