AsosiyJamiyat

Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi

Hozirda yong‘in sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

'Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi'ning rasmi

Rio-de-Janeyroda o'tayotgan sport musobaqasi vaqtida stadion tomida yong'in yuz berdi.

Hodisa paytida maydonda Qozog'iston sportchilari ham ishtirok etayotgan edi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yong'in stadionning yuqori qismidan boshlangan. Guvohlar tomonidan olingan videolarda tom qismidan qalin tutun ko'tarilib, alanga tez tarqalayotgani aks etgan.

Favqulodda xizmatlar tezkor harakat qilib, tomoshabinlar va ishtirokchilarni zudlik bilan evakuatsiya qildi. Hozircha jabrlanganlar haqida ma'lumot yo'q.

Yong'in sabablari aniqlanmoqda. Qozog'iston sportchilari hodisa oqibatida zarar ko'rmagan.

    Boshqa yangiliklar