AsosiyJAMIYAT

Andijonda bir yo‘la 5 nafar egizak dunyoga keldi

Hozirda shifokorlar nazoratida bo'lgan ona va 5 nafar egizakning ahvoli yaxshi.

'Andijonda bir yo‘la 5 nafar egizak dunyoga keldi'ning rasmi

Andijon shahrida joylashgan 2-sonli tug‘uruq majmuasida bir vaqtning o‘zida 5 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Andijon shahrining Qayrag‘ochtosh mahallasida yashovchi Nargiza Bekjonova ko‘p homilalik tashxisi bilan tug‘uruqxonaga yotqizilgan. Unda muddatidan avval tug‘ruq kuzatilgani sababli kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan.

Muvaffaqiyatli o‘tgan jarrohlik natijasida 5 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ulardan uch nafari qiz, ikki nafari o‘g‘il. Chaqaloqlarning vazni 1205 grammdan 1605 grammgacha bo‘lgan.

Ona va chaqaloqlar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filialiga o‘tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar