AsosiyJamiyat

Qo‘shni davlatdan 24 kilodan ortiq “gashish” olib kirishga urinish bo‘ldi

Hodisa ortidan bir shaxs qo‘lga olindi.

'Qo‘shni davlatdan 24 kilodan ortiq “gashish” olib kirishga urinish bo‘ldi'ning rasmi

Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘l bilan katta miqdordagi giyohvand moddani O‘zbekistonga olib kirishga urinish fosh etildi. Holat Marg‘ilon shahrida qayd etilgan. Davlat xavfsizlik xizmati IIV va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan 1973 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs 24 kg 475 gramm “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davomida jinoiy sheriklar aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar