Ma’lum bo‘lishicha, respublika banklaridan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mulklarni auktsion va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan holda xizmat maqeiidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalangan.
U kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan, Asaka tumanida joylashgan, umumiy bahosi 16,8 mlrd so‘mlik xususiy davolash markazining 4 qavatli binosi auktsionda sotilmay qolganidan foydalangan. Mansabdor usbu mulk narxini 12 mlrd so‘mga tushirib, bank hisobiga olish hamda mahalliy tadbirkorga auktsionsiz 7 yil muddatga foizsiz kredit hisobidan olib berish evaziga 90 ming AQSH dollarini talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 40 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.





