AsosiyJamiyat

AQSH–Eron muzokaralari to‘xtab qoldi: sulh muddati uzaytirildi

Qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yakunlanishi kerak bo‘lgan paytda, Donald Trump Eron bilan sulhni uzaytirishga qaror qildi.

'AQSH–Eron muzokaralari to‘xtab qoldi: sulh muddati uzaytirildi'ning rasmi

Bu qaror muzokaralar davom ettirilishi uchun vaqt berish maqsadida qabul qilingan.

AQSh prezidentining bildirishicha, sulh Eron tomoni "yagona taklif" ishlab chiqqunga qadar amal qiladi. Shu bilan birga, u Hormuz bo‘g‘ozidagi blokada saqlanib qolishini va armiya jangovar shay holatda turishini ta’kidladi.

Ayni paytda, Eron muzokaralarning navbatdagi bosqichida ishtirok etishdan bosh tortdi. Tehron bu qarorni AQShning "haddan tashqari talablari" bilan izohlab, bunday muloqotni samarasiz deb baholagan.

Muzokaralar Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo jarayon to‘xtab qoldi. Bu orada, AQSh vitse-prezidenti Jeyms Devid Vensning tashrifi ham nomalum muddatga qoldirildi.

Hozircha tomonlar o‘rtasidagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda, sulh esa faqat vaqtinchalik chora sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:32

    'Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:30

    Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2026 14:58

    'Mirziyoyev Ostonaqa yetib bordi'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2026 14:53

    Mirziyoyev Ostonaqa yetib bordi

    Uni aeroportda rasmiylar kutib oldi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2026 11:39

    'Yaponiyadagi poligonda portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2026 11:05

    Yaponiyadagi poligonda portlash sodir bo‘ldi

    Hodisa ortidan 3 nafar harbiy halok bo‘lgan.