Ekspertlar Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli halokatga uchragan Tu-154 samolyotining o`ziyozari yozib olgan so`zlarni aniqlashdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, uchuvchi kabinasidagi muloqotni yozib olgan plyonkaga zarar etmagan. Ularning muloqoti chog`ida uchuvchilardan biri: «Qanotlarimiz (zakrilki)! Komandir, biz qulayapmiz!» — degan so`zlardan so`ng yozuv tugagan.
Mutaxassislar kichik tezlikda “zakrilka”, ya`ni samolyotning qo`shimcha muvozanatini saqlovchi mexanizm va uning ko`tarilish kuchiga ta`sir qilishini ta`kidlashmoqda. Biroq hozircha aynan mana shu narsa halokatga sabab bo`lgan bo`lishi mumkin degan so`nggi xulosaga kelishganicha yo`q.
Ekipajning so`zlari bilan aviahalokat sabablarini aniqlashning iloji yo`q, sababi muloqot vaqtida vaziyat sub`ektiv nuqtai nazardan qabul qilinayotgan va baholanayotgan bo`lishi mumkin. Biroq audioyozuvda uchuvchining so`zlarini tasdiqlaydigan nutq signalizasiyasi bor.
Tu-154 samolyoti 25 dekabr kuni tongda Sochi yaqinida dengizga qulagan. Layner bortida 8 ekipaj a`zosi hamda 84 nafar yo`lovchi bo`lgan.





