1

Bayram dasturxoni va salomatlik

Salomatlik 28.12.2016, 11:56
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA, Yangi yil
Bayram dasturxoni va salomatlik

Har bir kasallikka xos mumkin bo`lmagan holatlar bor. Bayram dasturxonini bezatishda yoki noz-ne`matlardan bahramand bo`lishda ularni inobatga olishga to`g`ri keladi. U yoki bu kasallikda qaysi mahsulotlar ma`n etilishini bilib olsangiz, o`zingizga foyda.

  • Oshqozon kislotaliligi oshishishi bilan bog`liq gastrit va yara (yazva)da sirka, mayonez qo`shilgan eguliklar, marinadlar, spirtli ichimliklar va dudlangan go`shtlar mumkin emas. Qora qahva va shokoladni ham ehtiyot bo`lib iste`mol qiling.
  • Oshqozon kislotaliligi pasayishi bilan bog`liq gastrit va yara (yazva)da drojali xamirdan tayyorlangan pirog va shirin kulchalar, muzqaymoqdan voz kechib turgan ma`qul. Imkon qadar mayonez emas, zaytun yog`i qo`shilgan salatlar eng.
  • Xolesistit, gepatit va pankreatitda asosiysi — yog`li ovqatlarni cheklash.
  • Yurak kasalliklari, gipertoniya, aterosklerozda dudlangan kolbasalar, yog`li pishloqlar, jigar, yog`li go`sht eyish mumkin emas. Tuxum, tuzlama va konservalardan ham o`zingizni tiyib turganingiz ma`qul. Salatlarga mayonez emas, zaytun yog`i va limon sharbati qo`shish kerak.
  • Artrit, podagra, modda almashinuvi kasalliklari dukkakli, ismaloqli, shovulli, qo`ziqorinli mahsulotlardan tayyorlangan taomlardan voz kechib turishni talab etadi. Marinadlar, dudlangan mahsulotlar, yog`li go`sht va kremli tortlar ham mumkin emas. Pomidor, qizil vino, uzum, makkajo`xori, sutdan ehtiyotkorlik talab etiladi.
  • Buyrak etishmovchiligi va buyrakning boshqa kasalliklarida imkon qadar taomnomadan dudlangan, konservalar, tuzlangan baliq, kolbasa va sosiskalar, achchiq pishloqlar, tuzlangan, achchiq sabzavotlarni chiqarib turish zarur.
  • Qandli diabet un mahsulotlari, shirin mevalar (uzum, banan, nok, anjir va hokazo), sabzavotlar (sabzi, lavlagi), muzqaymoq, tort va pirojniylar, shakar, konfet iste`molini qat`iy ta`qiq ostiga qo`yadi.

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1