Bosh prokuratura matbuot kotibi ma'lumotiga ko‘ra, voqea 29 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida yuz bergan. 29 yoshli ayol rashk tufayli erining qonuniy nikohdagi xotiniga hujum qilib, uni pichoqlagan. Hodisa vaqtida ayolning 3 va 5 yoshli qizlari ham tan jarohati olgan.
Oqibatda 5 yoshli qizaloq voqea joyida vafot etgan, 3 yoshli bola esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






