AsosiyJamiyat

Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi

Poytaxtda harakatlanayotgan avtomashina ustiga chiqib raqsga tushgan bir guruh o‘smirlar bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

'Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir nechta bola Nexia-2 avtomobili ustida harakat davomida raqsga tushayotgani aks etgan edi. Toshkent shahar IIBB ma'lum qilishicha, hodisa 26 aprel kuni tungi soat 02:00 atrofida Yunusobod tumanidagi yo'l chorrahalarida sodir bo'lgan.

Aniqlanishicha, haydovchi o'smirlarning xavfli harakatlariga yo'l qo'yish bilan birga, baland ovozli musiqani ham yoqqan. Unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga jo'natilgan.

Shuningdek, o'smirlar Surxondaryo viloyatidan ekani va Toshkentda ota-ona hamrohligisiz bo'lgani ma'lum bo'ldi. Ular voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirilgan. Ota-onalariga nisbatan ham tegishli tartibda ma'muriy chora ko'rilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev sog‘liqni saqlashda xususiy sektorni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:35

    Mirziyoyev sog‘liqni saqlashda xususiy sektorni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar bilan tanishdi

    Taqdimotda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, litsenziyalash tizimini kuchaytirish va sohaga investitsiyalarni jalb qilishning yangi mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

    'Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va farzandini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:39

    Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va farzandini pichoqlab o‘ldirdi

    Shirin shahrida sodir bo‘lgan fojiali hodisa oqibatida bir ayol va uning 5 yoshli qizi halok bo‘ldi, yana bir bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

    'Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:34

    Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi

    2026 yilning 17–22 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi o‘n uchinchi sessiyasi (WUF13) bo‘lib o‘tadi.

    '“Elektron resept” tizimi bekor qilinmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:35

    “Elektron resept” tizimi bekor qilinmaydi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar rasmiylar tomonidan rad etildi.

    'Kuchli ta'sir qiluvchi dori savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:11

    Kuchli ta'sir qiluvchi dori savdosi fosh etildi

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir necha shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    'Ukraina Yevropa Ittifoqiga tezroq qabul qilishni talab qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:26

    Ukraina Yevropa Ittifoqiga tezroq qabul qilishni talab qilmoqda

    Kievning Yevropa Ittifoqiga shoshilinch qo‘shilish borasidagi talablari Bryussel bilan munosabatlarda taranglikka sabab bo‘lmoqda.