Afg`onistonda bir guruh qurollangan jangarilar ko`chada yolg`iz ketayotgan ayolni tutib olib, boshini tanasidan judo qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Hodisa tolibonlar nazoratida bo`lgan Sari-Pul viloyatining Latti qishlog`ida ro`y berdi. Ammo tolibonlar mazkur faktni rad etdi.
Viloyat gubernatorining matbuot kotibi Zabiulla Amaniyning ma`lumot berishicha, turmush o`rtog`i Eronda bo`lgan 30 yoshli ayol ko`chaga yolg`iz chiqqani tufayli jangarilarning qurboniga aylangan.
Nashrning izoh berishicha, tolibonlar nazoratida bo`lgan viloyatlarda oila erkaklarining hamrohligisiz ayollarning ko`chaga yolg`iz chiqishi, shu bilan birga ishlash va bilim olishlari ham taqiqlangan.