Xitoylik 64 yoshli ayol sog`lom farzandni dunyoga keltirib, rekordni yangiladi, deb xabar berdi “Regnum.ru” nashri.
Xitoyning Szilin viloyati sog`liqni saqlash va oilani rejalashtirish komissiyasining ma`lumot berishicha, voqea Chanchun shahar tug`ruqxonasida sodir bo`ldi. Ayolning yoshi 64 yoshda bo`lishiga qaramay, u mutlaqo sog`lom bolani dunyoga keltirdi.
Ayol sun`iy urug`lantirish yo`li bilan homilador bo`lgan. Ayolning yagona farzandi bo`lgan o`g`li 2015 yilda vafot etgach, u turmush o`rtog`i bilan maslahatlashgan holda farzand ko`rish qaror qilgan. Ayni vaqtda ona va bola vrachlar nazoratida, ular o`zlarini yaxshi his etmoqda.





