AsosiyJamiyat

Flick yaqin vaqt ichida “Barselona” bilan shartnomasini uzaytiradi — ESPN

"Barselona" bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda ESPN nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

'Flick yaqin vaqt ichida “Barselona” bilan shartnomasini uzaytiradi — ESPN'ning rasmi

Manba maʼlumotiga ko‘ra, 61 yoshli mutaxassisning agenti Pini Zaxavi 7 may kuni klub prezidenti Joan Laporta bilan uchrashgan. Uchrashuvda tomonlar yangi shartnomaning yakuniy tafsilotlarini kelishib olgan.

Flikning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Yangi kelishuvga ko‘ra, hamkorlik yana bir yilga uzaytiriladi hamda shartnomaga qo‘shimcha ravishda yana bir mavsumga avtomatik uzaytirish imkonini beruvchi band kiritiladi.

Zaxavi hozirda Barselona shahrida bo‘lib turgani sababli, shartnomani imzolash marosimi yaqin kunlarda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, germaniyalik mutaxassis 2024 yilning iyul oyidan buyon Kataloniya klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 113 ta uchrashuvda ishtirok etib, 86 ta g‘alaba, 10 ta durang va 17 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Flik boshchiligida “Barselona” dastlabki mavsumning o‘zidayoq Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubokda g‘olib chiqqan.

Qayd etilishicha, Flik kelganidan keyin jamoa nafaqat natijalar, balki o‘yin uslubi jihatidan ham barqarorlikka erishgan. Bu esa klub rahbariyatining mutaxassisga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Musaffo osmon uchun berilgan qurbonlar xotirasiga'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:54

    Musaffo osmon uchun berilgan qurbonlar xotirasiga

    Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni boshqa sanalarda biroz farqli ravishda nishonlanadi.

    'O‘zbekistonda 12 jarima balli haydovchilar soni 49 nafarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:49

    O‘zbekistonda 12 jarima balli haydovchilar soni 49 nafarga yetdi

    Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

    'Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi yodgorliklarga gul qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi yodgorliklarga gul qo‘ydi

    Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    'Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    'Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Juravskaya bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:30

    Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Juravskaya bilan uchrashdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Anatolyevna Juravskaya bilan uchrashdi.

    'Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:00

    Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi

    Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari “Matonat madhiyasi” monumenti hamda “Millat fidoyilari” xiyobonida gul qo‘yishi rejalashtirilgan.