AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda yarim yilda 2 633 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topildi

Mazkur yo‘nalishda qidiruv tadbirlari va profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda.

'O‘zbekistonda yarim yilda 2 633 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topildi'ning rasmi

2026 yilning dastlabki olti oyida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 2 633 nafar bedarak yo‘qolgan shaxsning qaerda ekanligi aniqlanib, ular o‘z oilalari bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirib topish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar natijasida minglab fuqarolarning taqdiriga oydinlik kiritilgan hamda turli noxush holatlarning oldi olingan.

Qayd etilishicha, 2026 yilning yanvar–iyun oylari davomida ichki ishlar organlari tomonidan bedarak yo‘qolgan deb qidiruvga berilgan 2 633 nafar shaxs topilib, ular o‘z yaqinlari bag‘riga qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar