AsosiyShou-biznes

Marhum xonanda Shahnozabonu ijodidagi eng so`nggi tarona premera qilinadi

Marhum xonanda Shahnozabonu ijodidagi eng so`nggi “Alda” deb nomlangan tarona muxlislar e`tiboriga xavola etiladi. Bu haqda xonandaning qizi Umida Yo`ldosheva o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, Shahnozabonu studiyada yozgan, biroq oxiriga etkazilmagan qo`shiq ijodkorlar Bahodir Nizomov va Umid Obidov tomonidan sayqallanib, nihoyalangan. 

Shahnozabonuning qizi onasi ijrosidagi qo`shiq premera qilinishi uning uchun kutilmagan sovg`a bo`lganini yozib qoldirgan. 

“Qo`shiqni siz bilan birga 31 dekabr kuni eshitamiz”,—deb yozadi Umida Yo`ldosheva.

Eslatib o`tamiz, Shahnozabonu 2016 yilning 14 mart kuni 42 yoshda vafot etgan edi.

Boshqa yangiliklar