1

Yo`lovchilar bir yillik maoshini shamol uchirib ketgan erkakka pullarini yig`ib berdi

Dunyo 29.12.2016, 11:24
Yo`lovchilar bir yillik maoshini shamol uchirib ketgan erkakka pullarini yig`ib berdi

Xitoyning Lyaonin viloyatida yashovchi erkak bankdan chiqayotganda o`zining bir yillik maoshini qo`lidan tushirib yubordi, oqibatda esa pullarni shamol uchirib ketdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Mazkur voqea aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi. 

Xitoylik erkak bankdan chiqar ekan, bir qo`lida pul solingan qopni ko`tarib, ikkinchi qo`lida esa itni etaklab olgandi. Erkak muvozanatni yo`qotish oqibatida qopni ham, itni ham qo`ldan chiqardi. Birdan ko`tarilgan shamol esa uning bir yillik maoshini ko`cha bo`ylab sochib yubordi. Ammo insofli yo`lovchilar unga pullarini yig`ib olishda katta yordam berishdi, ular so`nggi kupyuragacha egasiga topshirishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1