Plyaj futboli bo`yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e`lon qilindi. Unga ko`ra, O`zbekiston plyaj terma jamoasi jahon reytingida 51-o`rindan joy oldi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`zbekiston terma jamoasi hisobida 203 ochko mavjud. Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida O`zbekiston hamon 10-o`rinni egallab turibdi.
Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo mamlakatlar reytingida katta o`zgarishlar yuz bermadi. Eron termasi 1785 ochko bilan hamon etakchilik qilayotgan bo`lsa, Yaponiya (1267) va Ummon (1037) kuchli uchlikdan joy olgan.
OFKga a`zo mamlakatlar reytingining kuchli o`nligi quyidagicha ko`rinish olgan:
1 (5). Eron – 1785 ochko
2 (8). Yaponiya – 1267 ochko
3 (11). Ummon – 1037 ochko
4 (18). BAA – 881 ochko
5 (24). Livan – 581 ochko
6 (39). Xitoy – 370 ochko
7 (31). Tailand – 364 ochko
8 (43). Vetnam – 308 ochko
9 (48). Bahrayn – 219 ochko
10 (51). O`zbekiston – 203 ochko
Plyaj futbol bo`yicha jahon reytingini 3477 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog`ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo`lsa, Braziliya (2800) termasi kuchli uchlikni yakunlagan.
Ma`lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil yanvar oyidan 2016 yil dekabr oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.