AsosiySport

“Lokomotiv” futbolchilari onkologiya ilmiy markazida davolanayotgan bolalarga Yangi Yil sovg`alari ulashdi

Mana Yangi Yil bayrami kirib kelishiga ham juda oz fursat qolmoqda. Ushbu bayramni ayniqsa, bolajonlar katta qiziqish va intiqlik bilan kutishadi.

Shu sababli bugun mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi vakillari O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash Vazirligi Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo`limiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko`zlangan maqsad – bemor bolakaylarga sovg`alar ulashib, ularning ko`nglini ko`tarish edi.

Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo`limida davolanayotgan bolajonlarni Timur Kapadze, Ma`mur Ikromov, Sergey Proxorov, Marat Bikmaev, Ikrom Aliboev, Ignatiy Nesterov kabi futbolchilar, jamoa ma`murlari Baxtiyor Ismoilov hamda Ulug`bek Usmonxo`jaev, shifokor Abror Pirriev hamda klub matbuot xizmati vakillarining tashrifi juda xursand qildi.

Mehmonlar bolajonlarga Yangi Yil sovg`alari ulashishdi va ularning tezroq shifo topishlarini niyat qilishdi.

    Boshqa yangiliklar