Londonning "Chelsi" klubi darvozabon Tibo Kurtuani tarkibda saqlab qolmoqchi. Darvozabonga Madridning "Real" klubidan qiziqish bor.
Xabar qilinishicha, londonliklar 24 yoshli darvozabonga yangi shartnoma taklif qilishga va maoshini haftasiga 100 ming funtdan 150 ming funtga oshirishga tayyor. Eslatib o`tamiz, "Chelsi" yozda Kurtuani 73 million funt evaziga "Real"ga sotmagan edi.
Biroz vaqt muqaddam "Real" Kurta uchun Xames Rodrigesni taklif qilishi xabar qilingan.





