Rossiyaning "Krasnodar" klubi sobiq futbolchisi, endilikda Xitoyning "Shanxay SIPG" jamoasi a`zosiga aylangan Odil Ahmedovning fikricha uning Xitoy chempionatida o`ynashi professional faoliyatiga aslo ta`sir o`tkazmaydi.
"Menga nafaqat Xitoy chempionatidan, balki, Evropaning bir nechta chempionatlaridan ham takliflar bo`lgandi. Ammo men aynan "Krasnodar" uchun foydaliroq bo`lgan mana shu taklifni qabul qilishga qaror qildim. Xitoy chempionatiga o`tishim bu orqaga tashlangan qadam deb bilmayman. Chunki, hozir bu chempionatda dunyoning eng kuchli futbolchilari to`p surishmoqda.
Ularni esa eng kuchli murabbiylar shug`illantirishmoqda. Shartnoma imzolashimdan avval Villash-Boash bilan gaplashdim. U menga rejalari va meni jamoadagi vazifam nimalardan iborat ekanligini aytdi. Shundan so`ng men bu taklifni qabul qildim", – deydi O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori.