AsosiySport

JCh saralashidagi raqibimiz - Xitoy terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etadi

O`zbekiston MTJning JCh–2018 turniridagi raqibi Xitoy termasi Islandiya, Chili va Xorvatiya ishtirokidagi xalqaro turnirda qatnashadi.

2017 yilning 10–15 yanvar kunlari O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniridagi raqibi – Xitoy termasi xalqaro futbol turnirida ishtirok etadi. Mazkur turnirga aynan Xitoy mezbonlik qiladi. Xitoy termasidan tashqari musobaqada Islandiya, Chili va Xorvatiya terma jamoalari qatnashadi.

Turnir reglamentiga ko`ra, Xitoy terma jamoasi Marchello Lippi qo`li ostidagi ilk o`yinini 10 yanar kuni Islandiyaga qarshi o`tkazadi. Mazkur bellashuv g`olibi 15 yanvar kuni Xorvatiya – Chili juftligi g`olibi bilan bosh sovrin uchun kurashadi. Yuqoridagi o`yinlarda mag`lub bo`lgan jamoalar 14 yanvar kuni uchinchi o`rin uchun bahs olib boradi.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Xitoy terma jamoasi 2 ochko bilan so`nggi – 6-o`rinni egallab turibdi. O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan 3-pog`onada bormoqda. Hisobida 11 ochko bo`lgan Eron guruhda peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o`rindan joy olgan.

    Boshqa yangiliklar